“Yoki biz, yoki ular”: Tramp Grenlandiya haqida
Dunyo
AQSh prezidenti Donald Tramp Grenlandiyada Rossiya yoki Xitoy ta’sirining kuchayishiga yo‘l qo‘yilmasligini va Daniya bilan kelishuv bo‘lmasa, Vashington qat’iy choralar ko‘rishga tayyor ekanini bildirdi.
Oq uyda yirik neft kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv chog‘ida Tramp Grenlandiya masalasini global xavfsizlik bilan bog‘ladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar AQSh orol ustidan nazorat o‘rnatmasa, u yerda Rossiya yoki Xitoy paydo bo‘lishi mumkin.
«Agar biz Grenlandiyani olmasak, yonimizda Rossiya yoki Xitoyni qo‘shni sifatida ko‘rishingiz mumkin. Bunga yo‘l qo‘yilmaydi», — dedi Tramp, Fox News xabariga ko‘ra.
U Daniya bilan kelishuvni afzal ko‘rishini aytdi, biroq muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugasa, AQSh o‘z maqsadlariga «qat’iy yo‘l» bilan erishishini ogohlantirdi.
Bu bayonotlar AQSh tashqi siyosati muhokamasi fonida va Venesuelada AQSh harbiylari tomonidan prezident Nikolas Maduroning qo‘lga olinishi ortidan bir hafta o‘tib yangradi. Tramp Vashington Rossiya yoki Xitoyning na Venesuelada, na Arktikadagi strategik hududlarda mavjud bo‘lishiga rozi bo‘lmasligini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor