Yoki Moskva va Kiyev Oq uy taklifiga rozi bo‘ladi, yoki AQSh tinchlik jarayonidan chiqadi
Siyosat
Ukraina bo‘yicha muzokaralar Londonda noma’lum muddatga qoldirildi. AQSh davlat kotibi Marko Rubio Londonga safarini bekor qildi. AQSh Davlat departamenti Rubioning tadbirda ishtirok etmaslik qarorini “uning jadvalidagi logistik muammolar” bilan izohladi. Biroq, Reuters’ga ko‘ra, bir yevropalik amaldorning aytishicha, AQSh davlat kotibi Ukrainaning muzokaralar jarayonida o‘zining avvalgi qat’iy pozitsiyasiga qaytishidan xavotirda.
Avvalroq, "The Wall Street Journal" xabariga ko‘ra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Qrimni Rossiyaniki sifatida “de-yure” tan olishdan bosh tortgan, bu esa Vashington tomonidan tinchlik tashabbuslari doirasida taklif etilgan edi.
23-aprel kuni Londonda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan muzokaralarda AQShning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff ham ishtirok etmaydi. U ilgari Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan shaxsan uchrashgan edi.
“Rubio va Uitkoffning safarlarini bekor qilishi uchrashuv ahamiyatini sezilarli darajada pasaytiradi, ba’zi yevropalik amaldorlar bu uchrashuvni nihoyat muzokaralar stolida o‘z o‘rnini olganlarining dalili sifatida ko‘rishgan edi,” — deb yozadi Financial Times.
23-aprel kuni, AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens Rossiya va Ukraina o‘rtasida kelishuvga erishish uchun ikki tomon ham hududiy murosaga tayyor bo‘lishi kerakligini aytdi: “Yoki Moskva va Kiyev Oq uy taklifiga rozi bo‘ladi, yoki AQSh tinchlik jarayonidan chiqadi.”

Powered by Froala Editor