Yoqutxon Xolbekova oltin medalni qo‘lga kiritdi

Sport

Yaponiyaning Kobe shahrida para yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilayotgan jahon chempionatida para atletlarimiz yuksak natijalarni ko‘rsatmoqda, deb xabar bermoqda O‘zA.

Yoqutxon Xolbekova oltin medalni qo‘lga kiritdi
T12 toifasida qatnashayotgan Yoqutxon Xolbekova uzunlikka sakrashda 5,48 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Avvalgi Yoqutxon Xolbekova 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 5.54 metr natija bilan kumush medal hamda Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 17–25-may kunlari Kobe shahrida Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan para atletika bo‘yicha XI jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. 100 dan ortiq davlatdan 1000 dan ortiq sportchi 168 ta medallar uchun kurashmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing