Yordam puli oluvchilarga spirtli ichimlik hamda tamaki mahsulotlari sotish va sotib olish taqiqlanadi
O'zbekiston
Hukumatning yangi qarorlariga ko'ra, ijtimoiy to'lovlarni oluvchi oilalar va kam ta'minlangan oila a'zolari uchun spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari uchun to'lovlarni amalga oshirish, shuningdek, tadbirkorlar tomonidan ushbu mahsulotlar uchun to'lovlarni qabul qilish taqiqlanadi. Bu qarorning asosida ijtimoiy himoyaning eng muhimi – u bilan ta'minlangan oilalarga o'z e'tibori va resurslarini faqat kundalik ehtiyojlariga yo'naltirishga yordam berish maqsad qilingan.
Qonunchilikka muvofiq, ijtimoiy karta orqali nafaqa, kompensatsiya va boshqa ijtimoiy to'lovlar oluvchi oilalar a'zolari, Kambaqal oilalar reestriga kiritilgan oila a'zolari va so'nggi 12 oyda “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam ta'minlangan deb e'tirof etilgan oila a'zolari mazkur to'lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega emas. Bu qaror ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning har tomonlama rivojlanishini qo'llab-quvvatlash, ularga manfaatlarini himoya qilish maqsadida qabul qilingan.
Qonunchilikdagi yangi o'zgarishlar ijtimoiy adolatni ta'minlashga, kam ta'minlangan oilalarning hayot sifati va iqtisodiy holatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Qonunchilikdagi yangi o'zgarishlar ijtimoiy adolatni ta'minlashga, kam ta'minlangan oilalarning hayot sifati va iqtisodiy holatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Powered by Froala Editor