Zelenskiy Putinga qarshi pozitsiyasidan chekinmayapti
Dunyo
Kreml "diplomatiyani cho‘zish" orqali vaqt yutib, Ukrainadagi ko‘proq hududlarni bosib olishni rejalashtirmoqda, dedi Zelenskiy. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Sumy, Xarkov va Zaporojye viloyatlarida hujum boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy payshanba, 27-mart kuni, Ukraina razvedkasi ma’lumotlariga asoslanib, Rossiyaning yangi hujumlarga hozirlik ko‘rayotganini aytdi. Parijda o‘tgan "istovchilar koalitsiyasi" sammitida Zelenskiy Rossiyaning urushni davom ettirish niyatida ekanini ta’kidlab, Yevropa yetakchilarini sanksion bosimni yumshatmaslikka chaqirdi.
Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Moskva AQShni "cheksiz muhokamalar"ga tortmoqchi, shunda vaqt yutib, yangi Ukraina hududlarini egallash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
"Sanksiyalarni bekor qilish diplomatiya uchun falokat bo‘ladi", — dedi Zelenskiy. Uning fikricha, sanksiyalar — bu dunyoning Rossiyani jiddiy muzokaralarga undash uchun qo‘lidagi kam sonli vositalardan biridir.
Oldinroq Rossiya AQSh bilan Ukrainada qisman o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvlar fonida G‘arb sanksiyalarining bir qismini bekor qilishni talab qilgan edi.
"Putin hududlar bo‘yicha muzokaralarni kuch pozitsiyasidan olib borishni istaydi. U faqat urush haqida o‘ylaydi", — dedi Zelenskiy. U sammit ishtirokchilarini Ukrainaga harbiy yordamni davom ettirishga, shuningdek, mamlakatning mudofaa sanoatiga investitsiyalarni oshirishga va ushbu sohada qo‘shma loyihalar sonini ko‘paytirishga chaqirdi.
Ukraina prezidenti shuningdek, ittifoqchilarni mamlakatga tinchlikparvar kuchlarni joylashtirish bo‘yicha yagona rejani ishlab chiqishga chaqirdi.
Ma'lumot o'rnida, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron taklifi bilan Parijdagi Yelisey saroyida o‘tgan sammitda 31 davlat yetakchilari, NATO bosh kotibi Mark Rutte va Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen ishtirok etdi. Uch soatdan ortiq davom etgan maslahatlashuvlarda, agar Kiyev va Moskva o‘t ochishni to‘xtatishga kelishsa, Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari berish masalasi muhokama qilindi.

Powered by Froala Editor