Zelenskiy: Ukraina tinchlikka yaqinlashmoqda

Dunyo

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, mamlakatdagi qurolli mojaroni yakunlash vaqti tobora yaqinlashayotganini ma’lum qildi.

Zelenskiy: Ukraina tinchlikka yaqinlashmoqda
Prezident Zelenskiy ABC News telekanaliga bergan intervyusida, Ukraina tinchlikka yaqinlashayotganini va urush yakuniga yaqin ekanligini ta’kidladi. Unga ko‘ra, mamlakat "tinchlik eshigida" turibdi, lekin bunga erishish uchun G‘arb davlatlarining harbiy yordamiga tayanish kerak.

Zelenskiy urushni tugatish rejasida Rossiya bilan muzokaralarga o‘rin yo‘qligini qayd etdi. U bu jarayonni Ukrainani harbiy jihatdan kuchaytirish orqali diplomatik yechim sari yo‘l deb atadi.

Shuningdek, Zelenskiyning tinchlik rejasini AQSh prezidenti Jo Bayden bilan muhokama qilishi va rejaning asosiy bandlaridan biri sifatida Ukrainaga zamonaviy qurol yetkazib berishni ta’kidlagani xabar qilingan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing