Endilikda avtomobillarga gaz balloni o‘rnatish uchun ruxsatnoma onlayn tarzda beriladi

Uzbekistan

Avtomobillarga gaz balloni o‘rnatish uchun ruxsatnomani endilikda onlayn olish mumkin. Xizmatdan foydalanish uchun my.gov.uz orqali ariza yuboriladi. Xizmat narxi — 112 500 so‘m.

Endilikda avtomobillarga gaz balloni o‘rnatish uchun ruxsatnoma onlayn tarzda beriladi
O‘zbekistonda avtomobillarga gaz balloni o‘rnatish uchun ruxsatnomani endi onlayn olish mumkin. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida avtomobillarga gaz ballon o‘rnatish uchun ruxsatnomani onlayn olish imkoni joriy qilindi.

Xizmatdan foydalanish uchun my.gov.uz portalida onlayn ariza to‘ldirish kerak. So‘ngra u Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga yuboriladi.

Vakolatli organ arizani ko‘rib chiqqach uning natijasi portaldagi shaxsiy kabinetga yuboriladi. Xizmat ko‘rsatilishi uchun to‘lov — 112 500 so‘mni (BHMning 0,3 baravari) tashkil qiladi.

Powered by Froala Editor

Share with friends