15 dekabr — Butunjahon turkiy tillar kuni deb e’lon qilindi

O'zbekiston

YuNESKOning 43-Bosh konferensiyasida 15 dekabr Butunjahon turkiy tillar kuni deb e’lon qilindi. Tashabbus O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston tomonidan ilgari surilib, tashkilotning 26 a’zo davlati tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

15 dekabr — Butunjahon turkiy tillar kuni deb e’lon qilindi
Mazkur qaror turkiy xalqlar madaniy merosini asrash, tillarini rivojlantirish va xalqaro miqyosda targ‘ib qilishni maqsad qilgan tashabbus sifatida qabul qilindi.

“Dunyo” axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 15 dekabr sanasining tanlanishiga tarixiy voqea sabab bo‘lgan: 1893-yil 15-dekabr kuni daniyalik olim Vilgelm Tomsen qadimgi Orxon bitiklari alifbosini o‘qishga muvaffaq bo‘lgan. Ushbu kashfiyot turkiy tillarning ildizlari va qadimiy yozma merosini tasdiqlab berdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing