200 dan ortiq deputat Starmerdan Falastinni tan olishni talab qilmoqda
Dunyo
Ikki yuzdan ortiq britaniyalik parlamentariylar Buyuk Britaniya bosh vaziri Kiir Starmerga murojaat qilib, Falastinni rasman tan olishga chaqirdi. Bosim Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning sentyabr oyida BMT Bosh assambleyasida bu qadamni qo‘yishga va’da berishi fonida kuchaymoqda.
Buyuk Britaniya Falastinni tan olish masalasida o‘sib borayotgan ichki va xalqaro bosimga duch kelmoqda. Britaniya parlamentining 221 deputati bosh vazir Kiir Starmer va tashqi ishlar vaziri Devid Lemmiga Falastin davlatini rasman tan olish choralarini ko‘rish talabi bilan ochiq xat imzoladi.
Maktubda ta’kidlanishicha, Falastinning mustaqil davlat sifatida tan olinishi "tarixiy ahamiyatga ega" va "kechiktirmasdan" amalga oshirilishi kerak. Hujjat juma kuni Leyboristlar partiyasi deputati Sara Chempionning X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilindi.
Bugungi kunga qadar Falastin davlatini 147 mamlakat tan olgan.

Powered by Froala Editor