2024 yil Nobel mukofotini kim oldi?

Dunyo

Nobel komiteti Shvetsiyaning Alfred Nobel nomidagi Davlat banki mukofotini Massachusets texnologiya instituti professorlari Daron Ajemog‘lu va Saimon Jonson, shuningdek, Chikago universitetidan Jeyms Robinsonga "institutlar qanday shakllanishi va ular farovonlikka qanday ta'sir qilishini o‘rganishlari" mavzusida amalga oshirgan tadqiqoti uchun topshirilganini e'lon qildi.

2024 yil Nobel mukofotini kim oldi?
"Ular bizga mamlakatlar o'rtasidagi farovonlik darajasidagi farqlarni tushunishga yordam berdilar. Bu yilgi iqtisodiyot sohasidagi laureatlar - Daron Ajemog‘lu, Saimon Jonson va Jeyms Robinson - jamiyat farovonligi uchun jamoat institutlarining ahamiyatini ko‘rsatdilar. Qonun ustuvorligi past va aholini ekspluatatsiya qiluvchi institutlarga ega jamiyatlar iqtisodiy o‘sishga va ijobiy o‘zgarishlarga hissa qo‘shmaydi. Laureatlarning tadqiqotlari bizga nega shundayligini tushunishga yordam beradi," - deya qayd etilgan matbuot relizida.

Nobel mukofoti sohiblari iqtisodiyot sohasida mamlakatlar o'rtasidagi farovonlik farqlarining bir sababi sifatida Yevropa kolonizatsiyasi davrida shakllangan ijtimoiy institutlarni ko‘rsatdilar. Xususan, iqtisodchilar institutlarni inklyuziv va ekstraktiv turlarga ajratdilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing