2024-yil yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda nechta avtomobil ishlab chiqarilgan?

O'zbekiston

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvaridan martigacha avtomobil sanoatida quyidagi miqdordagi avtomobillar ishlab chiqarilgan:

2024-yil yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda nechta avtomobil ishlab chiqarilgan?
— Cobalt – 28 356 dona

— Damas – 18 996 dona

— Tracker – 12 025 dona

— Lacetti-Gentra – 8 811 dona

— Onix – 8 338 dona

— KIA – 4 980 dona

— Chery – 2 990 dona

— Haval – 205 dona

— Exeed – 38 dona

— Maxsus engil avtomobillar – 6 317 dona

Eslatib o‘tamiz, 18-mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BYD kompaniyasi bilan O‘zbekistonda elektr va gibrid avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha investitsiya shartnomasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni imzolagan edi.

Birinchi bosqichda 2024-yilda yiliga 50 ming donagacha ishlab chiqarish quvvatiga erishish maqsadida kichik uzelli yig'ish (CKD) usulida elektr va gibrid avtomobillar ishlab chiqarishni boshlash rejalashtirilgan. Keyinchalik ishlab chiqarish quvvatini yiliga 500 ming donagacha oshirish rejalashtirilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing