Buxoro viloyati rekord miqdordagi investitsiyalar paketiga ega bo‘ldi
O'zbekiston
Buxoro viloyatida 32 mingta ish o‘rni yaratish va hududning eksport salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladigan 1,7 milliard dollarlik 21 ta yangi loyihani amalga oshirish boshlanadi. Grafit qazib olish, zamonaviy turar joy majmualari qurish, quyosh energetikasini rivojlantirish shular jumlasidan.
2025-yil 12-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar va yangi loyihalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. So‘nggi sakkiz yilda hududga $8 mlrd dan ortiq investitsiya jalb qilinib, iqtisodiyot diversifikatsiya qilindi, 6 ming sanoat korxonasi ishga tushdi va ishlab chiqarish hajmi 6 barobar oshdi.
Turizm sohasida yiliga 1,7 mln turist kelmoqda, infratuzilma yaxshilandi, mashhur mehmonxona brendlari hududga keldi. 2025-yilning birinchi yarmida sanoat ishlab chiqarishi 7,3 foizga, yalpi hududiy mahsulot 6,4 foizga oshdi, 198 yangi korxona ochildi.
Yig‘ilishda umumiy qiymati $1,7 mlrd bo‘lgan 21 investitsiya loyihasi taqdim etildi. Ular 32 ming ish o‘rni yaratadi va $180 mln eksport salohiyatini ta’minlaydi. Loyiha yo‘nalishlari:
Peshku tumanida grafit qazib olish va qayta ishlash (Turkiya);
zamonaviy turar-joy majmuasi qurilishi (Vyetnam);
jarrohlik markazi barpo etish (Hindiston);
217 gektar maydonda 260 loyiha va 10 mingdan ortiq ish o‘rni yaratish.
Qishloq xo‘jaligida Peshku tumanidagi arzon issiqxonalar tajribasi butun viloyatda 5 ming xonadonga tatbiq etiladi. 10 ming gektarda uzumzorlar, 5 ming gektarda esa o‘rik, gilos, anjir va boshqa eksportbop mevali bog‘lar barpo etiladi.
Turizmda chet ellik investorlar ishtirokida savdo-ko‘ngilochar park qurish taklifi ilgari surildi.
Sanoatda amaldagi yirik neft-gaz korxonalariga qo‘shimcha ravishda 10 ta quyosh va shamol elektr stansiyasi qurilmoqda. Ularning atrofida kichik korxonalar tarmog‘ini rivojlantirish orqali investitsiya, sanoat ishlab chiqarishi va eksport hajmini oshirish rejalashtirilgan.
Viloyat va tuman hokimlari aholi daromad manbalarini kengaytirish, kambag‘allik va ishsizlikni kamaytirish bo‘yicha rejalarini taqdim etdi.

Powered by Froala Editor