O‘zbekistonda Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi
O'zbekiston
Jahonda savdo qoidalari o‘zgarib, logistika beqaror bo‘lib turgan bir paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Nozimjon Xolmurodov rahbarligida Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etilishini ma’lum qildi. Yangi tuzilma sohani qo‘llab-quvvatlash va samaradorlikni qat’iy nazorat qilish uchun 200 million dollar oladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev jahon savdo qoidalarining tez o‘zgarishi va logistika uzilishlari sharoitida yengil sanoatni rivojlantirish uchun alohida yondashuv zarurligini ta’kidladi.
Davlat rahbari to‘qimachilik, charm va ipak sanoatini qamrab oladigan Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tuzilishini e’lon qildi. Agentlikka Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Nozimjon Xolmurodov rahbarlik qiladi. Uning huzurida tajribali tadbirkorlardan iborat kengash va 200 million dollarlik jamg‘arma tashkil etiladi. Jamg‘arma orqali korxonalarga arzon aylanma mablag‘lar beriladi.
Yangi tuzilma tadbirkorlar bilan birgalikda tannarxni pasaytirish, ishlab chiqarish va eksportni oshirish bo‘yicha yechimlar ishlab chiqishi, “bojxona hududida qayta ishlash” rejimi orqali tayyor mahsulot eksportini ikki barobar ko‘paytirishi kerak. Shuningdek, past quvvatda ishlayotgan korxonalarni sog‘lomlashtirish va kooperatsiyani kuchaytirish choralari ko‘riladi.
Xalqaro maslahatchilar bilan hamkorlikda to‘qimachilikni 2030 yilgacha rivojlantirish dasturi hamda charm, ipak va gilamchilik sanoatini modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlanadi.
Prezident, ilgari surilgan qo‘llab-quvvatlash choralarining qiymati 7 trillion so‘mga tengligini aytib, klaster va korxonalar rahbarlaridan shunga yarasha natija talab qildi. Belgilangan vazifalar ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi.

Powered by Froala Editor