2024-yilda qancha jurnalistlar o'g'irlanganligi, qamalganligi va o'ldirilganligi ochiqlandi

Dunyo

2024-yilda 17 mamlakatda kamida 54 jurnalist o‘ldirilgani haqida «Chegara bilmas muxbirlar» tashkilotining hisobotida aytiladi. Bu ko‘rsatkich bir yil ichida qayd etilgan eng yuqori qurbonlar ko'rsatgich hisoblanadi.

2024-yilda qancha jurnalistlar o'g'irlanganligi, qamalganligi va o'ldirilganligi ochiqlandi
2023-yilning oktyabrida G‘azo sektoridagi jangovar harakatlar boshlanganidan beri kamida 145 jurnalist halok bo‘lgan, ulardan 35 nafari o‘z kasbiy vazifasini bajarish chog‘ida. Bu o‘limlar Isroil harbiy kuchlari harakatlari natijasida sodir bo‘lgan. Isroil ko‘pchilik hollarda bu o‘limlarni tasodifiy deb e’lon qilgan bo‘lsa-da, jurnalistlar olib borgan tergovlar bu da’volarni shubha ostiga qo‘yadi.

Shuningdek, Iroq, Sudan, Myanma va Ukrainadagi harbiy harakatlarni yoritishda ham jurnalistlar o‘ldirilgan.

Dunyo bo‘ylab 550 jurnalist qamoqda bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2024-yilda 7,2 foizga o‘sgan. Rossiyada (+8) va Isroilda (+17) jurnalistlarning qamoqqa olinishi bu o‘sishga asosiy sabab bo‘lgan. Qamoqqa olingan jurnalistlarning deyarli yarmi to‘rtta mamlakatga to‘g‘ri keladi:

Xitoy — 124 (shu jumladan, 11 nafari Gonkongdan),

Myanma — 61,

Isroil — 41,

Belarus — 40.

Rossiyada 38 jurnalist qamoqqa olingan. Shuningdek, dunyo miqiyosida 55 jurnalist garovda saqlanmoqda, ularning 70 foizi Suriyada. Bundan tashqari, 95 jurnalist dunyoning 34 mamlakatida bedarak yo‘qolgan deb hisoblanadi.

«Jurnalistlar o‘z-o‘zidan o‘lmaydi, ularni o‘ldirishadi; qamoqqa o‘z ixtiyori bilan tushmaydi, rejimlar ularni qamashadi; yo‘qolmaydi, ularni o‘g‘irlashadi. Ushbu jinoyatlar ko‘pincha hukumatlar yoki qurolli guruhlar tomonidan amalga oshiriladi va jazoga tortilmay qoladi. Bu xalqaro qonunchilikni buzadi va ko‘pincha jazosiz qoladi», — dedi «Chegara bilmas muxbirlar» rahbari Tibo Brutton. Bu haqida Meduza xabar bermoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing