BMTning Qochqinlar bo'yicha agentligi ukrainaliklarga yordamni to'xtatdi
Siyosat
BMTning Qochqinlar masalalari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi (UNHCR) Ukrainadan ko‘chirilayotgan shaxslarga yordam ko‘rsatishni qisqartirdi. Bu qaror AQShning yordamni to‘xtatishi va donorlarning kamayishi sababli qabul qilindi.
"Biz ilgari AQShning saxovatli yordami bilan amalga oshirgan ba’zi dasturlarni to‘xtatishga majbur bo‘ldik," — dedi u. Gap, xususan, psixososial yordam (Ukrainada taxminan 280 000 kishiga ko‘rsatilgan), vaqtincha turar joylar uchun qurilish materiallari ta’minoti va naqd pul ko‘magi haqida ketmoqda.
UNHCR — bu kabi qurilish materiallarini yetkazib berishda eng yirik gumanitar tashkilot bo‘lib, Rossiyaning bosqinidan beri 450 000 kishiga yordam ko‘rsatdi.
2024-yilda UNHCR moliyalashtirishining 40 foizi AQSh hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bundan tashqari, qator g‘arbiy donorlar o‘z say-harakatlarini mudofaa dasturlariga yo‘naltirishni afzal ko‘rdi.
2025-yilda boshqarma Ukrainadagi 8,2 million kishini qo‘llab-quvvatlash uchun 3,32 milliard dollar (2,91 milliard yevro) ajratishni so‘ragan edi. Ammo yakunda bu mablag‘ning atigi 25 foizi yig‘ildi. "Biz yordam ko‘rsatishga ustuvorlik beriladigan shaxslar sonini qisqartirishga majbur bo‘ldik," — dedi Billing.
Yanvardan beri Ukraina hududidagi kuchl o‘tishmalardan so‘ng taxminan 7 700 kishi Pavlograd va Sumi shaharlaridagi UNHCR tranzit markazlaridan o‘tgan va ular kiyim-kechak, gigiyena to‘plamlari, yuridik va psixososial yordam olgan. "Ular deyarli hech narsasiz va chuqur ruhiy jarohatlar bilan keladilar," — dedi Billing.
Boshqarmaning ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil avgustdan mart oyigacha 200 000 dan ortiq odam Ukraina frontoldi hududlaridan ko‘chirildi. BMTning Ukrainadagi Inson huquqlari monitoringi missiyasi ma’lumotiga ko‘ra, mart oyida tinch aholi orasidagi qurbonlar soni o‘tgan yilga nisbatan 70 foizga oshdi.
"BMT Qochqinlar boshqarmasi va bizning hamkorlarimiz kerakli moliyalashtirish ta’minlansa, samarali ishlash uchun etarli imkoniyat va salohiyatga ega bo'ladi", deyiladi boshqarma bayonotida.

Powered by Froala Editor