26-hujum to‘lqini: Isroil Bayrut janubiga zarba berdi

Dunyo

Isroil armiyasi Bayrut shahrining janubiy chekka hududlariga navbatdagi havo zarbalarini berdi. Harbiylar bayonotiga ko‘ra, bu hududga qaratilgan 26-hujum to‘lqini hisoblanadi.

26-hujum to‘lqini: Isroil Bayrut janubiga zarba berdi
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, operatsiya davomida bir nechta muhim obyektlar nishonga olingan. Xususan, Isroil harbiylari qo‘mondonlik markazi hamda taxminlarga ko‘ra uchuvchisiz uchish apparatlari saqlangan ombor yo‘q qilinganini ma’lum qildi.

So‘nggi oylar davomida Livan poytaxtining janubiy hududlari bir necha bor havo zarbalariga uchramoqda. Isroil tomoni bu operatsiyalar harbiy infratuzilmani yo‘q qilish va dronlar orqali ehtimoliy hujumlarning oldini olishga qaratilganini ta’kidlamoqda.

So‘nggi zarbalar oqibatida yetkazilgan zarar va ehtimoliy talafotlar haqida ma’lumotlar aniqlashtirilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing