3000 ta avtomobil Tinch okeani tubiga cho‘kib ketdi

Dunyo

Tinch okeanida uch hafta davomida yonib turgan Morning Midas kemasi 23-iyun kuni taxminan 5000 metr chuqurlikda cho‘kib ketdi. Bu haqda Zodiac Maritime kompaniyasiga tayanib, Bloomberg xabar bermoqda.

3000 ta avtomobil Tinch okeani tubiga cho‘kib ketdi
Kema egasining so‘zlariga ko‘ra, yong‘in iyun oyi boshida elektromobillar turgan palubada boshlangan - aynan o‘sha yerda birinchi marta tutun ko‘rilgan. Bortda 3 mingga yaqin avtomobil, jumladan, 800 ta elektrokar bo‘lgan. Kemada bir nechta avtomobil ishlab chiqaruvchilari, jumladan Chery Automobile Co. va Great Wall Motor Co. mahsulotlari bor edi.

Kuchli yong‘in va noqulay ob-havo sharoiti tufayli kema jiddiy zarar ko‘rdi, suv to‘play boshladi va oxir-oqibat qirg‘oqdan taxminan 360 dengiz mili (taxminan 580 km) uzoqlikda cho‘kib ketdi.

O‘t o‘chirish operatsiyasi quruqlikdan uzoqligi tufayli murakkablashdi: uchta maxsus o‘t o‘chirish kemasining ikkinchisi faqat 15-iyun kuni - voqea boshlanganidan bir hafta o‘tgach yetib keldi.

Ekipajning barcha 22 a’zosi AQSH qirg‘oq qo‘riqlash xizmati ishtirokida muvaffaqiyatli evakuatsiya qilindi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing