523 kishi yangi hayotga imkoniyat oldi

O'zbekiston

28 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakat Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan 523 kishini avf etish to‘g‘risida farmon imzoladi.

523 kishi yangi hayotga imkoniyat oldi
Avf etilganlardan:
  • 195 nafari to‘liq ozod qilindi,
  • 147 nafari muddatidan ilgari shartli ravishda,
  • 87 nafarning jazosi yengilrog‘i bilan almashtirildi,
  • 94 nafarning ozodlikdan mahrum etish muddati qisqartirildi.

Ular orasida 8 nafar xorij fuqarosi, 45 nafar ayol, 31 nafar 60 yoshdan oshgan erkak, 220 nafar 30 yoshgacha bo‘lgan shaxs (shulardan biri voyaga yetmagan) va taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan ayrim shaxslar bor.

Mas’ul idoralarga avf etilganlarning oilalariga qaytishi, jamiyatga moslashuvi, foydali mehnatga jalb etilishi va sog‘lom turmush tarzini tanlashiga ko‘maklashish vazifasi topshirildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing