9-maydan boshlab Nijniy Novgorod Samarqand aholisiga yanada yaqinroq bo‘ladi

O'zbekiston

Joriy yilning 9-may kunidan boshlab har hafta payshanba kunlari amalga oshiriladigan yangi parvoz yo‘nalishi tufayli samarqandliklar Nijniy Novgorodga oson va qulay yetib borish kabi ajoyib imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.

9-maydan boshlab Nijniy Novgorod Samarqand aholisiga yanada yaqinroq bo‘ladi
Qayd etilishicha, Samarqand – Nijniy Novgorod – Samarqand yoʻnalishi boʻyicha parvozlar payshanba kunlari quyidagi jadval boʻyicha amalga oshiriladi:

– Samarqanddan jo‘nab ketish soat 09:20, Samarqand vaqti bilan;

– Nijniy Novgorodga yetib kelish soat 11:10, Nijniy Novgorod vaqti bilan;

– Nijniy Novgoroddan jo‘nab ketish soat 12:30, Nijniy Novgorod vaqti bilan;

– Samarqandga yetib kelish soat 18:00, Samarqand vaqti bilan.

Avvalroq Uzbekistan Airways Toshkentdan Londonga haftasiga uchta aviaqatnovni amalga oshirishi haqida xabar bergan edik.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing