Eronning Isroilga javob zarbalari jahon e’tiborida

Dunyo

Eron harbiy kuchlari Isroilga qarshi raketa hujumlarini amalga oshirdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) tomonidan Isroilning ikkita harbiy bazasi va "Mossad" razvedka xizmati nishonga olingan.

Eronning Isroilga javob zarbalari jahon e’tiborida
Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari general-leytenant Muhammad Bageriyning aytishicha, ushbu hujumlar strategik radarlar va Isroilning zirhli texnikalar saqlanadigan joylarga qaratilgan. Shuningdek, ular Isroilning iqtisodiy infratuzilmasiga ham hujum qilish imkoniyatiga ega ekanligini qayd etdi.

Bu hujumlar Hizbulloh va XAMAS rahbarlari, jumladan Hasan Nasrulloh va Ismoil Xaniyaning o‘ldirilishiga javoban uyushtirilgan. Eron OAV Isroil bazalarida sezilarli talafot yetkazilganini va yangi turdagi giper tovushli raketalardan foydalanilganini ta’kidlamoqda.

Ayni paytda, Isroil Mudofaa kuchlari hujumlar oqibatida zarar sezilarli darajada emasligini bildirgan. Shu bilan birga, AQSH Prezident Jo Bayden yahudiy davlatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amerikalik harbiylarga ko‘rsatma berganini e’lon qildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing