Fojiali avtohalokat: Tailandda maktab avtobusi yong‘inida 25 kishi halok bo‘ldi
Dunyo
Bangkokda maktab avtobusida ro‘y bergan yong‘inda halok bo‘lganlar soni 25 kishiga yetdi, shundan 22 nafari maktab o‘quvchilari va 3 nafari o‘qituvchilardir. Bu haqda Thai PBS telekanali xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘quvchilar Uthai Thani viloyatidan Bangkokka ekskursiyaga kelgan bo‘lib, avtobusda 38 nafar bola va 6 nafar o‘qituvchi bo‘lgan. Yong‘in paytida 16 nafar o‘quvchi va 3 nafar o‘qituvchi qutqarilib, kasalxonaga yetkazilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobusning orqa qismida portlash kuzatilgan va bu yong‘inga olib kelgan. Tekshiruvlarga ko‘ra, avariya avtobusning g‘ildiragi yorilishi va metall to‘siqqa urilishi sababli kelib chiqqan, bu esa yonilg‘i idishining yong‘iniga sabab bo‘lgan.
Tailandning transport vaziri Suria Tyunggrungriangkit avtobusdagi tabiiy gazdan foydalanish xavfsizligini qayta ko‘rib chiqishlarini ma’lum qildi, chunki avtobus aynan siqilgan tabiiy gazda ishlagan.

Powered by Froala Editor