O‘zbekiston Mustaqilligining 33 yilligi Germaniyada keng nishonlandi

Siyosat

Germaniyada O‘zbekiston Mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi. Ushbu tadbirda 200 dan ortiq ishtirokchilar, jumladan, Germaniyaning rasmiy vakillari, diplomatlar va biznes doiralari qatnashdi.

O‘zbekiston Mustaqilligining 33 yilligi Germaniyada keng nishonlandi
O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi Dilshod Axatov o‘z tabrigida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar va mamlakat taraqqiyotiga to‘xtalib, O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlikning muhimligini alohida ta’kidladi. U Germaniya Federal kansleri Olaf Sholsning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga ko‘targanini qayd etdi.

Tadbirda Germaniya Bundestagi a’zosi Robin Vagenir ham so‘zga chiqib, O‘zbekistonni mustaqillik kuni bilan tabrikladi. U Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish muhimligini ta’kidlab, mehnat migratsiyasi va boshqa sohalarda hamkorlikning ahamiyatini urg‘uladi.

Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilarga O‘zbekistonning iqtisodiy va turistik salohiyati haqida videorolikliklar namoyish etildi. Keng ko‘lamli madaniy dasturlar ham tadbir ishtirokchilariga katta taassurot qoldirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing