9 tonna ta’m: Xivadagi palov festivali
O'zbekiston
14-dekabr kuni Xivada Arda Khiva turistik majmuasi hududida “Xorazm palovi” xalqaro festivali boshlandi. Tadbir Xorazm viloyatining gastronomik merosini targ‘ib qilish va turistik jozibadorligini oshirishga qaratilgan.
Festival doirasida Xorazm, Toshkent va Samarqanddan kelgan 25 nafar oshpaz rekord darajada — 9 tonna palov tayyorladi. Palov uchun 2,5 tonna go‘sht, 2,5 tonna guruch, 3 tonna sabzi, 750 litr paxta yog‘i va 60 kg tuz ishlatildi.
Xorazm palovi o‘ziga xos tayyorlash usuli bilan ajralib turadi: mahsulotlar bosqichma-bosqich qovurilib, kam miqdorda suv qo‘shiladi. Bu esa taomga boy ta’m va xushbo‘y hid bag‘ishlaydi.
Festival Xivaning tarixiy markazi — YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgan Ichan-Qal’a fonida o‘tkazildi. Hudud turizm sohasida jadal rivojlanmoqda.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda Xorazm viloyatiga 12 milliondan ortiq sayyoh, jumladan 2 milliondan ziyod xorijiy mehmon tashrif buyurgan.

Powered by Froala Editor