Abdulla Aripov Olma-otada Qozog‘iston bosh vaziri bilan uchrashdi

Siyosat

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Yevrosiyo hukumatlararo kengashi va raqamli forumda ishtirok etish uchun Qozog‘istonning Olma-ota shahrida bo‘lib turibdi.

Abdulla Aripov Olma-otada Qozog‘iston bosh vaziri bilan uchrashdi
Bugun, 2-fevral kuni O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Yevroosiyo hukumatlararo kengashi va raqamli forumda ishtirok etish uchun Qozog‘istonning Olma-ota shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov raisligida ikki mamlakat hukumatlari delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan.

"O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida barcha sohada ijobiy o‘sish dinamikasi kuzatilmoqda. Xususan, o‘tgan 7-yilda tovar ayirboshlash hajmi 2 barobardan ziyod oshdi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida muhim qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Transport hamda energetika sohasidagi hamkorlik sezilarli darajada faollashdi. Mintaqalararo hamda madaniy-gumanitar hamkorlik yanada kengayyapti", deyiladi xabarda.

Uchrashuvda kun tartibidagi ushbu va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing