"Academy of Korea IT Alliance (AKITA)"ning ochilishi marosimi boʻlib oʻtdi

O'zbekiston

Joriy yilning 20-sentabr kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetining Janubiy Koreyaning Yeungnam universiteti bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta'lim dasturi - AKITA "Academy of Korea IT Alliance"ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

"Academy of Korea IT Alliance (AKITA)"ning ochilishi marosimi boʻlib oʻtdi
Tadbirda Janubiy Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi, ikki davlatning 30 ga yaqin IT soha vakillari hamda nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etdi.

Tantanali ochilish marosimini Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi kongressmeni Kwon Youngjin o'zining kirish so'zi bilan ochib berdi. Shuningdek, ochilish marosimida AKITA direktorlar kengashi raisi Chong Ok-Rae, Yuqori Chirchiq tumani hokimi Uskenbay Atemov, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To‘ychiyev, IT Park Uzbekistan Bosh direktori Farhod Ibragimov, Koreya milliy kengashi deputati Kvon Yong Jin va Toshkent shahridagi INHA universiteti rektori Muzaffar Jalolov, Singapur Menejmentni rivojlantirish institutining rektori Ilhom Mamatqulovlar so‘zga chiqdilar.

Tadbir ishtirokchilari “AKITA”ning ochilishi Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash, mamlakatda innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish, xalqaro standartlarga muvofiq yuqori darajadagi IT-mutaxassislarini tayyorlashda muhim qadam boʻlishini taʼkidladilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing