O‘zbekistonda 2027-yil boshida ochiq geologik ma’lumotlar bazasi ishga tushiriladi
O'zbekiston
O‘zbekistonda kelgusi yil boshida ochiq geologik ma’lumotlar bazasini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari Feruza Hamidova Toshkentda o‘tkazilayotgan GEOMIN-2026 xalqaro ilmiy konferensiyasida ma’lum qildi.
Tadbir yer qa’rini geologik o‘rganish sohasidagi xalqaro hamkorlik, yer qa’ridan foydalanish bo‘yicha tajriba almashish hamda tog‘-kon sanoatiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalariga bag‘ishlangan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, GEOMIN-2026 konferensiyasi Toshkentda 14–18-sentabr kunlari Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Qidiruv geofiziklari jamiyati (SEG) hamkorligida o‘tkazilmoqda.
Hamidovaning so‘zlariga ko‘ra, ochiq baza geologiya sohasini raqamli transformatsiya qilish jarayonining bir qismi hisoblanadi. Ishlarning birinchi bosqichida 30 mingdan ortiq geologik hisobot raqamlashtirilgan. Hozirda ikkinchi bosqich yakunlanmoqda.
Baza ishga tushirilgach, investorlar geologik ma’lumotlardan bir necha marta bosish orqali foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kutilmoqda. Bu yer qa’riga oid ma’lumotlarni izlash va tahlil qilish uchun sarflanadigan vaqt hamda xarajatlarni qisqartirishga xizmat qiladi.
Raqamlashtirish sohani rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda. Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi avvalroq geologiya va tog‘-kon jarayonlarida raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt hamda ilg‘or geofizik usullarni keng joriy etish rejalari haqida ma’lum qilgan.
Vazirlik huzurida Texnologik transformatsiya markazi ham tashkil etilgan. Markaz sohani, jumladan, geologiya yo‘nalishini raqamlashtirish bilan shug‘ullanadi. Feruza Hamidovaning ta’kidlashicha, markaz faoliyati ma’lumotlar bazasi va geoportalni yaratish jarayonini tezlashtiradi.
GEOMIN-2026 doirasida geologiya kelajagi, yer qa’rini o‘zlashtirish, xalqaro hamkorlik va texnologik rivojlanish masalalari muhokama qilinmoqda. Forumning asosiy yo‘nalishlari qatoridan muhim foydali qazilmalarni izlash, raqamlashtirish, sun’iy intellekt va ilg‘or geofizik usullardan foydalanish o‘rin olgan.
Ochiq geologik ma’lumotlar bazasining yaratilishi soha raqamli transformatsiyasining amaliy natijalaridan biri bo‘lib, investorlarning mamlakat mineral-resurs salohiyati haqidagi ma’lumotlardan foydalanishini soddalashtirishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor