Toshkentda Markaziy Osiyo ayol media mutaxassislarining konferensiyasi o‘tkazilmoqda
O'zbekiston
14-sentabr kuni Toshkentda «Mintaqaviy birdamlik, raqamli xavfsizlik va jurnalistikaning inklyuziv kelajagi» mavzusidagi II Markaziy Osiyo xalqaro ayol media mutaxassislari konferensiyasi o‘z ishini boshladi. Ikki kunlik tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 100 dan ortiq media sohasi vakillari va xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.
Konferensiyada Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan jurnalistlar, muharrirlar, media menejerlar, raqamli kontent yaratuvchilar, blogerlar, xalqaro ekspertlar va huquq himoyachilari qatnashmoqda.
Muhokamalarning asosiy mavzularidan biri zamonaviy media muhitida ayollar duch kelayotgan muammolardir. Ishtirokchilar raqamli zo‘ravonlik va onlayn ta’qib, deepfake’lar hamda sun’iy intellektdan boshqa maqsadlarda foydalanish holatlari, shuningdek, dezinformatsiya masalalarini ko‘rib chiqadi.
Alohida e’tibor professional kuyish va ayollarning media menejmentidagi ishtirokiga to‘sqinlik qilayotgan omillarga qaratiladi. Shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi ayol media mutaxassislari o‘rtasida professional qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yaratish va hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.
Uchrashuvning asosiy natijalaridan biri gender masalalarini sezgir va mas’uliyatli yoritishga bag‘ishlangan yagona Mintaqaviy qo‘llanmani ishlab chiqish bo‘lishi kutilmoqda. Hujjat Markaziy Osiyo tahririyatlari uchun gender mavzularini professional, mas’uliyatli va muvozanatli yoritish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni taqdim etishi ko‘zda tutilgan.
Konferensiya yakunida Women Media Awards Central Asia mintaqaviy mukofoti topshiriladi. Mukofot ayollarning professional yutuqlari, yetakchiligi va mintaqa media sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissini e’tirof etadi.

Powered by Froala Editor