Adliya vazirligi yangi sarimsoq navini himoyaga oldi
O'zbekiston
O‘zbekiston Adliya vazirligi sarimsoqning yangi "Termiz 2020" navini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi va huquqiy muhofazaga oldi. Mazkur nav Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti Surxondaryo ilmiy tajriba stansiyasi tomonidan yaratilgan.
Yangi nav K-81 seleksion klonidan yakka tanlash usuli bilan olingan bo‘lib, uning asosiy afzalliklaridan biri uzoq muddat saqlash imkoniyatidir. Bu esa uni boshqa sarimsoq navlaridan ajratib turadi.
Sarimsoq qadimdan shifobaxsh xususiyatlari bilan mashhur bo‘lib, Abu Ali Ibn Sino ham o‘zining "Tib qonunlari" asarida uning foydalari haqida yozib qoldirgan.
Yangi seleksiya yutug‘iga 30 yil muddatga patent berildi. Tok, yog‘ochbop, manzarali, mevali va o‘rmon daraxtlari navlari, shuningdek, ularning payvandtaglari uchun bu muddat 35 yilgacha uzaytirilishi mumkin.
Seleksiya yutug‘ini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz rasmiy sayti orqali ariza topshirish mumkin.

Powered by Froala Editor