Afg‘onistonda zilzila qurbonlari soni 2200dan oshdi

Dunyo

31-avgust kuni kechqurun Afg‘onistonning sharqiy Kunar viloyatida yuz bergan 6 balli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 2205 kishiga yetdi, jarohat olganlar esa 3640 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda vaqtinchalik hukumat matbuot kotibi o‘rinbosari Hamdulla Fitrat ma’lum qildi.

Afg‘onistonda zilzila qurbonlari soni 2200dan oshdi
Eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlar — Nur-Gul, Savki, Chapa-Dara va Manogi tumanlarida qutqaruv ishlari davom etmoqda.

AQSh Geologiya xizmati (USGS) ma’lumotiga ko‘ra, zilzila epitsentri Jalolobod shahridan 27 km shimoli-sharqda, Pokiston chegarasiga yaqin joyda, 8 km chuqurlikda qayd etilgan.

Xitoy Afg‘onistonga 7 million dollar miqdorida gumanitar yordam ajratishini e’lon qildi. Mablag‘lar chodirlar, adyollar, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa zarur buyumlarni yetkazib berishga yo‘naltiriladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing