Aholiga 1,4 trln so‘mdan ortiq keshbek to‘lab berildi

Iqtisodiyot

Soliq mobil ilovasida iyun oyida 1,8 mlndan ortiq iste'molchiga 98,1 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi.

Aholiga 1,4 trln so‘mdan ortiq keshbek to‘lab berildi
Joriy yilning iyun oyida 2,5 mlndan ortiq iste'molchi tomonidan 134,2 mlrd so‘m keshbek yig‘ilgan bo‘lib, shundan 1,8 mlndan ortiq iste'molchiga 98,1 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi.

Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida o‘tgan oylar uchun hisoblangan yana 2,3 mlrd so‘m keshbek tasdiqlandi.

Soliq mobil ilovasi orqali berilgan jami keshbeklar 1,4 trln so‘mdan oshdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing