Aimchess Rapid. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibini mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi
Sport
Oʻzbekistonlik shaxmatchi 1-divizion finalida Magnus Karlsenga qarshi dona suradi. Gʻ‘oliblikka erishgan shaxmatchi 30 ming, 2-o‘rin sohibi 20 ming dollar miqdoridagi mukofotga ega bo‘ladi.
Oʻzbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha davom etayotgan nufuzli Aimchess Rapid onlayn turnirining final bosqichiga yoʻl oldi.
Kecha boʻlib oʻtgan musobaqaning yarim final bosqichida Abdusattorov AQSH sharafini himoya qilayotgan Levon Aronyanga qarshi dona surdi. Shiddatli o‘tgan o‘yinda Nodirbek 2,5:0,5 hisobida raqibini mag‘lubiyatga uchratdi.
Ikkinchi yarim finalda jahon chempioni Magnus Karlsen amerikalik Fabiano Karuanani 2,5:1,5 hisobida dog‘da qoldirdi. Bu esa "Aimchess Rapid" onlayn turniri 1-divizion finalida Nodirbek Abdusattorov va Magnus Karlsen ro‘baro‘ kelishiga olib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, onlayn turnir 1-divizionidagi to‘rtinchi bosqich o‘yinlari 14-iyulga qadar davom etadi. Ushbu bosqichning mukofot jamg‘armasi 235 ming dollardan iborat bo‘lib, 1 divizionda g‘oliblikka erishgan shaxmatchi 30 ming, 2-o‘rin sohibi 20 ming dollar miqdoridagi mukofotga ega bo‘ladi.

Powered by Froala Editor