O‘zbekistonning raqamli kelajagi AI Infra Summitda taqdim etildi

Texnologiya

AQShda o‘tkazilgan “AI Infra Summit 2024” tadbirida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekistonning raqamli infratuzilma va sun’iy intellekt (AI) bo‘yicha strategik rejalari haqida taqdimot o‘tkazdi. Ushbu sammitda butun dunyodan 700 dan ortiq mutaxassislar qatnashdi.

O‘zbekistonning raqamli kelajagi AI Infra Summitda taqdim etildi
Shermatov o‘z nutqida O‘zbekistonda sun'iy intellektni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar, jumladan, Saudiya Arabistonining Akwa Power kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilayotgan “Yashil” Data markazi haqida gapirib o‘tdi. Ushbu loyiha qiymati 5 milliard AQSh dollariga teng bo‘lib, mamlakat IT infratuzilmasi va global raqamli bozor bilan integratsiyani kuchaytirish maqsadini ko‘zlagan.

Vazir sammit davomida O‘zbekistonda IT kompaniyalari uchun yaratilgan soliq imtiyozlari va xorijiy investorlar uchun mavjud imkoniyatlarni ta’kidlab, mamlakat IT sohasini jadal rivojlantirish yo‘lida qat’iy qadamlar qo‘yayotganini aytdi. Shu bilan birga, AI texnologiyalarini kengaytirish va xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish rejalari ham e’tirof etildi.

Summit davomida O‘zbekistonga investitsiya kiritish bo‘yicha xorijiy mutaxassislar va kompaniyalar uchun ochilayotgan imkoniyatlar keng qamrovda taqdim etildi. Vazir AQSh kompaniyalarini O‘zbekistonning raqamli bozoriga kirishga taklif etdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing