Alisher Qayumov O‘zbekistonning Singapurdagi yangi elchisi etib tayinlandi

Siyosat

O'zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Alisher Qayumov Singapurga yetib keldi va o'z vazifasini bajarishga kirishdi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.

Alisher Qayumov O‘zbekistonning Singapurdagi yangi elchisi etib tayinlandi
Yangi elchi Singapurga tayinlanishidan oldin O'zbekistonning Germaniyadagi elchixonasida maslahatchi bo'lib ishlagan.

54 yoshli diplomat Toshkent davlat universitetini (hozirgi O'zbekiston Milliy universiteti) tamomlagan. Uzoq yillar davomida Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tizimida (hozirgi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) hamda Germaniyadagi elchixonada savdo-iqtisodiy masalalar bo'yicha maslahatchi sifatida ishlagan.

Elchixona maslahatchisi sifatida u Avstriya va Venadagi xalqaro tashkilotlardagi diplomatik missiyani boshqargan. Xususiy biznesda, jumladan, xorijda ishlash tajribasiga ega.

Diplomat 2017-yildan buyon O'zbekistonning Berlindagi elchixonasida maslahatchi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Eslatib o’tamiz, Alisher Qayumov Singapurda 2018-2024-yillarda O’zbekiston elchisi vazifasini bajargan Qahramon Shokirov o‘rnini egalladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing