“Aloqabank” va Raqamli texnologiyalar vazirligining binolarini sotish bo‘yicha bitimlar bekor qilindi

Biznes

“Aloqabank”ning bosh ofisi va Raqamli texnologiyalar vazirligining Toshkent shahri markazidagi binosini sotish bo‘yicha tuzilgan bitimlar bekor qilindi. Auksiondan bir kun avval “Aloqabank” xaridor kompaniyaga 15 yil muddatga 14% stavkada 390 mlrd so‘m kredit bergan edi. Bu bank aktivlarining 20,4% ni tashkil qilgan.

“Aloqabank” va Raqamli texnologiyalar vazirligining binolarini sotish bo‘yicha bitimlar bekor qilindi
Bitimlar bilan birga kompaniyaga berilgan kredit ham bekor qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki rahbari Mamarizo Nurmuratov ma’lum qildi.

Avvalroq “Aloqabank” bosh ofis binosi 2022-yil boshida tashkil etilgan "Black Gold Industry News" kompaniyasiga 317,1 mlrd so‘mga sotilgan edi. Kompaniyaning ustav kapitali 8 mln so‘mni tashkil etib, asosiy faoliyat turi tog‘-kon sanoati deb belgilangan.

Birinchi bitim yakunlanganidan 9 soniya o‘tgach, kompaniya ikkinchi auksion — “Aloqabank”ning bosh ofisi bilan bir binoda joylashgan Raqamli texnologiyalar vazirligi binosini qo‘lga kiritgan. Ikkinchi bitim summasi 69,85 mlrd som'ga teng bo'lgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing