Pokiston Afg'onistonning chegara hududlariga bergan zarbalaridan so'ng Tolibon javob qaytardi
Dunyo
Tolibon Pokiston chegarasida harbiy amaliyot boshladi. Tolibon Pokiston chegarasida harbiy amaliyot o‘tkazib, bir nechta nazorat punktlarini yo‘q qildi va qo‘shni davlat hududiga kirdi. Kamida 19 chegara xodimi halok bo‘ldi.
Ayni vaqtda asosiy ma’lumotlar:
— Harbiy Telegram kanallarida yozilishicha, bu Tolibonning Pokiston harbiy-havo kuchlari tomonidan “Tehrik-e Tolibon Pokiston” guruhi bazalariga Afg‘onistonning Paktika viloyatida berilgan zarbaga javob choralaridir. Ushbu hujum natijasida 46 kishi halok bo‘lgan.
— Tolibonning Mudofaa vazirligi Pokiston bilan chegaralarni tan olmasligini ma’lum qildi. Vazirlik vakili Inoyatullo Xorazmiy qayd etishicha, Afg‘oniston Xayber-Paxtunxva viloyatini Pokiston hududi sifatida tan olmaydi.
— Hozirgi vaqtda Tolibon tanklar, BMP va boshqa zirhli texnikalarni Pokiston chegarasiga joylashtirmoqda.
Ma'lumot o'rnida, Pokiston bundan bir necha kun avval, Afg'oniston hududidagi tinch qishloq aholisiga, Pokiston havo hujumlari orqali zarba bergan edi. Natijada bir necha o‘nlab kishi halok bo‘lgan. Bu haqida Afg'oniston rasmiylari xabar bergan edi.

Powered by Froala Editor