Andijonda baliqchilikni rivojlantirish uchun 150 million dollar resurs beriladi

O'zbekiston

16-aprel payshanba, Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda viloyatdagi 5,7 ming gektar sun’iy suv havzalarining atigi 23 foizida intensiv usulda baliq yetishtirilayapti. Andijon tumanidagi tadbirkor 15 million dollar hisobiga 320 gektarda intensiv usulda baliq yetishtirish, 500 ta xonadon bilan kooperatsiya qilish tashabbusini bildirgan.

Andijonda baliqchilikni rivojlantirish uchun 150 million dollar resurs beriladi
Loyiha doirasida 27 turdagi karp balig‘idan mahalliy sharoitga mos baliq nasli yaratish reja qilingan.

Ushbu loyihaga Osiyo taraqqiyot banki ilk bor to‘g‘ridan to‘g‘ri 15 million dollar berishga rozi. Buning uchun viloyat hokimligi huzurida loyiha ofisi tashkil qilinadi, tadbirkor va Osiyo taraqqiyot banki bilan uch tomonlama shartnoma imzolanadi.

Mutsaddilarga xorijdan 100 million dollar jalb qilib, yil yakunigacha 1,2 ming gektarda kamida 5-6 ta shunday loyihani yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Umuman, respublikada baliqchilikni rivojlantirishga 150 million dollar resurs beriladi. Shundan 50 million dollari Andijonga ajratiladi.

"Biz boshlagan islohotlar, bu – faqat raqamlar yoki hisobotlar emas. Bu – har bir oila, har inson hayotida seziladigan, farovonlik va taraqqiyot sari yo‘naltirilgan haqiqiy o‘zgarishlardir.

Bugun ham Andijonda keng ko‘lamli islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha eng muhim vazifalarni belgilab oldik. Aholi va tadbirkorlar kayfiyatiga ta’sir ko‘rsatadigan barcha masalalarga to‘xtalib, viloyat uchun zarur mablag‘larni ham hal etdik.

Agar barchamiz bir bo‘lib, hamjihat bo‘lib ish olib borsak, yutuqlarimiz yanada ko‘payadi, biz zabt etolmaydigan marraning o‘zi bo‘lmaydi, Andijon yanada obod bo‘ladi, men bunga ishonaman!", dedi davlatimiz rahbari so‘zining yakunida.

Yig‘ilishda viloyat va respublika mutasaddilarining hisobotlari, tadbirkorlarning takliflari tinglandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing