Annalena Baerbock: Ukraina va Rossiya chegaralariga nemis qo'shinlari safarbar qilinadi

Dunyo

Agar Ukraina va Rossiya oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisida kelishuvga erishilsa, Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Baerbockning soʻzlariga koʻra, nemis askarlari tinchlikni taʼminlash uchun sobiq front chizigʻiga safarbar qilinishi mumkin.

Annalena Baerbock: Ukraina va Rossiya chegaralariga nemis qo'shinlari safarbar qilinadi
Baerbock Bryusselda boʻlib oʻtgan NATO tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida, tinchlik oʻrnatish uchun xavfsizlik kafolati sifatida NATOga aʼzo boʻlish va xalqaro qoʻshinlar ishtiroki muhimligini taʼkidladi. U shuningdek, Germaniya kelajakda tinchlik uchun zarur boʻlgan barcha choralarni koʻrishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.

Yevropa Ittifoqining yangi tashqi ishlar boʻyicha vakili Kaja Kallas oʻtgan hafta oxirida tinchlikparvar missiyani Yevropa davlatlari, jumladan, Fransiya va Boltiqboʻyi mamlakatlari amalga oshirishi mumkinligini bildirdi.

NATO bosh kotibi Mark Rutte esa Trampning inauguratsiyasi oldidan Ukrainani ittifoqqa tezkor qabul qilish ehtimoli yoʻqligini ochiq aytdi.

Ukraina tashqi ishlar vaziri Andriy Sibixa ilk bor Bryusselda NATO-Ukraina kengashi yigʻilishida qatnashdi. U NATOga aʼzo boʻlish Ukrainanining Rossiyaga qarshi yagona xavfsizlik kafolati deb hisoblaydi.

Prezident Zelenskiy NATOga tezroq qoʻshilishni talab qilib, Moskvaga bosim oʻtkazmoqchi. Shu bilan birga, Zelenskiy Moskvaga tegishli boʻlgan hududlarni vaqtinchalik tan olishga tayyor.

NATO bosh kotibi Rutte Zelenskiyga bu borada umid qilmaslikni aytdi. U NATOning hozirgi vazifasi koʻproq harbiy yordam koʻrsatish ekanligini, shu bilan birga Ukraina Rossiya bilan muzokaralar oldidan "kuchli pozitsiyada" boʻlishi zarurligini taʼkidlagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing