Dramaturg va yosh rejissyorlar uchun mukofot ta’sis etiladi

O'zbekiston

“Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ularning faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-399-sonli Prezident qarori qabul qilindi.

Dramaturg va yosh rejissyorlar uchun mukofot ta’sis etiladi
Qarorga ko‘ra, dramaturglar uchun Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi mukofot hamda yosh rejissorlar uchun Bahodir Yo‘ldoshev nomidagi mukofot ta’sis etiladi.

Bu yerda mukofotlar bo‘yicha tanlovlar har ikki yilda o‘tkazilib, ularning g‘oliblari MHTEKMning 50 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Rejissyor – dramaturg – kompozitor – rassom tamoyili asosida ijodiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan 2025 yildan har yili avgust oyida “Nigoh” ijodiy loyihasi amalga oshiriladi.

Milliy akademik musiqa san’atini rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida har 2 yilda milliy kompozitorlar tanlovi o‘tkazib boriladi.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri huzurida Teatr rejissyorlari akademiyasi tashkil etiladi.

Jahon dramaturgiyasi namunalaridan tarjima qilingan asarlar bo‘yicha har yili “Eng yaxshi tarjima sahna asarlari” tanlovi joriy etiladi.

2025 yildan:

har 2 yilda tarixiy va zamonaviy mavzular bo‘yicha “Eng yaxshi pyesalar” tanlovi tashkil etiladi;

O‘zbekiston teatr jamoalarining milliy reytingi tuziladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing