Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniya parlamenti spikeri Lindsi Xoyl bilan uchrashdi
O'zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniya parlamentining Quyi palatasi spikeri Lindsi Hoyl bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida tomonlar parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Saida Mirziyoyeva Yevropa va Markaziy Osiyo o‘rtasida muloqotni mustahkamlashda yangi tashkil etilgan “Markaziy Osiyo bo‘yicha barcha partiyalar guruhi” muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
U, shuningdek, Britaniya parlamenti delegatsiyasini O‘zbekistonda qabul qilishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida spiker Lindsi Hoyl O‘zbekiston delegatsiyasi uchun qadimiy tarixga ega parlament binosi bo‘ylab ekskursiya tashkil etdi.
Ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva rasmiy kanalidan olindi.

Powered by Froala Editor