Oksfordda o‘zbek tili o‘qitilishi yo‘lga qo‘yildi
O'zbekiston
Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniyaga tashrifi chog‘ida quvonch bilan ma’lum qildiki, Oksford universitetining “Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari” fakultetida endilikda o‘zbek va eski o‘zbek tillari o‘rganiladi.
Uning ta’kidlashicha, bu tashabbus O‘zbekiston madaniy merosini targ‘ib etish va ilmiy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ladi.
Mirziyoyeva shuningdek, universitet tomonidan berilgan mukofotni Prezident rahbarligida mamlakatda ayollar huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish borasida erishilgan yutuqlarning e’tirofi sifatida qabul qilganini bildirdi.
Tashrif doirasida u Bodlian kutubxonasida bo‘lib, Mirzo Ulug‘bekning “Ziji Ko‘ragoniy”, Alisher Navoiy “Xamsa”, Husayn Boyqaroning “Devoni Husayniy” kabi nodir qo‘lyozmalar hamda Boburiylar davriga oid miniatyuralar bilan tanishdi.
Saida Mirziyoyeva bunday tashabbuslar O‘zbekistonning boy madaniyati va tili jahon ilmiy jamoatchiligi e’tiborida ekanini yana bir bor tasdiqlaydi, deya ta’kidladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva rasmiy kanalidan.

Powered by Froala Editor