Qozog'istonda robotlar aholidan jarimalarni undiryapti
Dunyo
Endi ma'muriy jarimalar bilan bog'liq ishlarni sun'iy intellekt bajaradi. Robotlashtirilgan yordamchi shaxsiy sud ijrochilarining ishini yengillashtirish uchun yaratilgan. Bu loyiha tajriba asosida fevral oyida Tarazda ishga tushirilgan. Natijalar esa hatto kutilganidan ham yaxshi bo'lgan. Bu haqida Qozog'istonning Adliya vazirligi xabar bergan.
Mexanizm oddiy: tizim jarimani ko'radi, ijro jarayonini boshlaydi va buzganlarga xabar yuboradi. 30 kun ichida qarzdor kerakli summani to'lashlari zarur. Agar bu amalga oshirilmasa, robot uning hisob kartalaridan birini blokka olib, hatto mablag'larni avtomatik ravishda yechib olish imkoniyatiga ega.
Ushbu innovatsiya haqida Adliya vazirligi davlat xizmatlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish departamenti shunday izoh beradi:
– Oldindan hisob-kitoblar shuni ko'rsatdiki, fuqarolar har yili 5 milliard tengedan ortiq mablag'ni tejashlari mumkin, chunki ular sud ijrochisiga jarima summasining 25 foizini to'lashmaydi. Hozirga qadar 280 mingdan ortiq ijro ishlarining 5 milliard 800 million tengedagi summasi bo'yicha ish ochilgan. Ulardan 66 mingta ish 1 milliard 300 million tengedagi summada to'langan.
Fuqarolar ushbu mexanizmni faol ravishda ishlatmoqda. Shuni ta'kidlash kerakki Adliya vazirligining ushbu loyihasida byudjet mablag'lari ishlatilmagan. Bu davlat bilan ishlashning an'anaviy bo'lmagan modeli.
Tashkilotchilar, robot yordamchining bu holati yakuniy nuqta emasligini, kelajakda biometrik tizimlar, virtual yordamchilar va boshqa ko'plab funksiyalarni amalga oshiruvchi yordamchilar yaratishni rejalashtirilganliklarini ma'lum qilishdi.

Powered by Froala Editor