Annalena Berbok: HAMAS Isroilga qarshi urushni tugatishdan manfaatdor emas

Dunyo

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Deutschlandfunk efirida HAMAS "Falastin xalqi nomidan gapirmayotganini" va "o’zini uning azob-uqubatlarini yengillashtirishga burchli deb bilmayotganini" aytdi.

Annalena Berbok: HAMAS Isroilga qarshi urushni tugatishdan manfaatdor emas
"So'nggi oylarda HAMAS, terroristik tashkilot sifatida, ushbu dahshatli urushni uzaytirishga intilayotganiga qayta-qayta guvoh bo’lmoqdamiz", — dedi Berbok. Shuningdek, u G'azo sektorida garovga olingan isroilliklarning ozod qilinishi faqat HAMASga bog'liqligini ta'kidladi.

O‘z navbatida, Netanyaxu yaqinda Isroil armiyasi garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha HAMAS bilan kelishuvga erishishi yoki erishmasligidan qat’i nazar, G‘azo sektoridagi Rafah shahrida operatsiya o‘tkazishini aytdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing