Apple AI сhatbot klubiga "Apple GPT" bilan qo'shildi

Texnologiya

Bloombergga ko'ra, Apple maxfiy ravishda OpenAI, Google va Microsoft bilan raqobatlasha oluvchi o’zining AI vositalari ustida ishlamoqda. Biroq, kompaniya ularni hali iste'molchilarga taqdim etish bo’yicha aniq strategiyalar ishlab chiqmadi.

Apple AI сhatbot klubiga "Apple GPT" bilan qo'shildi
Bloombergning ma’lum qilishicha, Apple kompaniyasi OpenAIning ChatGPT va Googlening Bard ishlanmalari bilan raqobat qilish uchun o‘zining sun’iy intellekt (AI) vositalarini ishlab chiqmoqda.

Apple o’zining AI texnologiyalari so’zlashuv tizimi yirik til modellari ustida ishlashni yakunladi.

Bloomberg manbalariga ko'ra, kompaniya generativ AI texnologiyalarining jadal rivojlanishidan ortda qolmaslik maqsadida Ajax freymvorkini yaratdi.

iPhone ishlab chiqaruvchisining bunday vositalarni ishlab chiqishi kompaniyaning sun'iy intellektdan foydalanish va yaqinda AI bo'yicha chatbotlarini chiqargan Google va Microsoft kabi yirik texnologiya kompaniyalari bilan raqobatlashishga qaratilgan harakatining bir qismidir.

“Biz bu sohada ulkan salohiyatni ko‘rmoqdamiz... Va u har bir mahsulot va xizmatimizga ta’sir qila oladi”, dedi Apple bosh direktori Kuk fevral oyidagi daromad taqdimotida.

Biroq, iPhone ishlab chiqaruvchisi o'zining yangi AI mahsulotlarini tez orada ishga tushirishga shoshilmayotganga o'xshaydi.

Apple kompaniyasining bosh direktori texnologiya sanoatini qamrab oluvchi AI to'lqini keng qamrovli bo’lsada, u AIni joriy etishdan oldin xavfsizlik tizimini chuqur tekshiruvdan o’tkazish kerakligini aytdi.

"Bu masalalarga jiddiy va puxta yondaashuv muhim", dedi Kuk kompaniya moliyaviy hisobotining may oyidagi taqdimotida.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing