AQSh arab davlatlarini G'azodagi urushdan keyingi ko'p millatli kuchlarga qo'shilishga undamoqda

Dunyo

Misr, Marokash va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) mojaro tugaganidan soʻng Gʻazo sektoriga joylashtiriladigan tinchlikparvar operatsiyada ishtirok etish boʻyicha AQSh bilan birinchi maslahatlashuvlarni oʻtkazdi. Bu haqda Financial Times (FT) gazetasi manbalarga tayanib xabar berdi.

AQSh arab davlatlarini G'azodagi urushdan keyingi ko'p millatli kuchlarga qo'shilishga undamoqda
"Uchta Arab davlati — Misr, BAA va Marokash — dastlabki muhokamalarni o'tkazdilar, ammo ular avval AQSh Falastin davlatini tan olishini xohlashadi", — dedi noma'lum G'arb rasmiysi nashrga. Uning ta'kidlashicha, arab davlatlari AQSh tinchlikparvarlik sa'y-harakatlariga rahbarlik qilishi kerak degan fikrda. Vashington esa buni bevosita joyga bormasdan bajarish yo’llarini topish ustida bosh qotirmoqda.

Boshqa arab davlatlari, jumladan Saudiya Arabistoni ham o'z harbiylarining tinchlikparvarlik missiyasida ishtirok etish g'oyasini rad etishdi, chunki bunday harakat Isroilni qo'llab-quvvatlash sifatida qabul qilinishi mumkin, deb yozadi FT. Bundan tashqari, ular G'azo sektoridagi qo'zg'olonga aralashib qolishdan qo’rqishmoqda.

Qo'shma Shtatlar Falastinda xavfsizlikni ta'minlash uchun tinchlikparvar missiyasini yaratmoqchi, biroq Jo Bayden ma'muriyati G'azoga Amerika qo'shinlarini joylashtirish niyatida emas. Ushbu missiya G'azo sektoriga urush tugagandan so'ng kuch tuzilmasi yo'qligi davrida joylashtiriladi. Avvalroq AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken CBS telekanaliga bergan intervyusida Vashington xavfsizlikni ta’minlash, boshqaruv organlarini tashkil etish va anklavni qayta tiklash bo‘yicha rejalar ishlab chiqayotganini aytgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing