AQSh byudjeti taqchilligi 320 milliard dollarga oshdi

Iqtisodiyot

2023-yilda Qo'shma Shtatlarning byudjet kamomadi 320 milliard dollarga oshib, 1,7 trillion dollarga yetdi. Bu haqda AQSh moliya vaziri Janet Yellen va Oq uy boshqaruvi va byudjet byurosi rahbari Shalanda Yangning qo‘shma bayonotida ma’lum qilindi.

AQSh byudjeti taqchilligi 320 milliard dollarga oshdi
Qayd etilishicha, 30-sentabrda yakunlangan 2023-moliya yilida AQSH byudjeti xarajatlari 6,1 trillion dollarni, daromadlari esa 4,4 trillion dollardan ortiqni tashkil qildi.

Shunday qilib, 2022-moliyaviy yil maʼlumotlariga nisbatan byudjet taqchilligi 320 milliard dollarga oshib, qariyb 1,7 trillion dollarni tashkil qildi. Bu AQSh yalpi ichki mahsulotining 6,3 foiziga to'g'ri keladi.

Ma‘lum qilinishicha, 2022-moliya yilida byudjet taqchilligi 1,37 trillion dollarni tashkil etib, yalpi ichki mahsulotning 5,4 foiziga teng bo‘lgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing