AQSh elchisi BMB HOLDING faoliyatini yuqori baholadi
O'zbekiston
2025-yil 24-aprel kuni BMB HOLDING bosh ofisida muhim uchrashuv bo'lib o'tdi. Mazkur uchrashuvda Holding Kuzatuv Kengashi raisi Bekzod Mamatqulov hamda AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Xenik ishtirokida bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida elchi Holding faoliyati, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari bilan yaqindan tanishdi. Ayniqsa, USDA Organic sertifikati hamda FDA ruxsatnomasi muddatining uzaytirilgani AQSh bozorida O‘zbekiston mahsulotlariga bo‘lgan ishonchning oshayotganidan dalolat berishini alohida ta'kidladi. Bu esa zamonaviy, ekologik toza va xalqaro standartlarga mos mahsulotlar ishlab chiqarish orqali dunyo bozorida o‘z o‘rnini topishga intilayotgan BMB HOLDING’ning yutuqlaridan biri ekanligini e'tirof etdi.
BMB HOLDING Kuzatuv Kengashi raisi Bekzod Mamatqulov o‘z fikrida shunday deydi: “Biz doimo ekologik toza, zamonaviy yondashuvlarga asoslangan mahsulotlar yaratishga intilib kelganmiz. Maqsadimiz – milliy mahsulotlarni global bozorda munosib o‘ringa olib chiqish.”
Holding bosh ofisida tashkil etilgan zamonaviy shou-rumda sublimatsiya usulida quritilgan meva va sabzavot mahsulotlari AQSH elchisining alohida e’tiborini tortdi. Elchi Jonatan Xenik mahsulotlarning texnologik yondashuvi, sifati va xalqaro bozorga tayyor holatini yuqori baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, BMB HOLDING faqat iqtisodiy emas, balki ilmiy-innovatsion salohiyatga ham ega kompaniya ekani aniq seziladi.
Shuningdek, elchi Holdingning 8 yillik faoliyat tarixidan so‘zlovchi muzey faoliyati bilan ham tanishdi. Bu esa kompaniya rivojlanish yo‘nalishlarining davomiyligi va izchilligini ko‘rsatdi.
Uchrashuvda ta’kidlangan yana bir muhim jihat – BMB HOLDING mahsulotlarini AQShning eng yirik savdo tarmoqlari – Costco, Walmart hamda McCormick Global Ingredients Ltd kompaniyalari orqali eksport qilishga doir muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanganidir. Yaqin kunlarda mazkur savdo tarmoqlari bilan shartnoma imzolanishi kutilmoqda.
AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Xenik uchrashuv davomida shunday dedi: “O‘zbekistonning ilg‘or kompaniyalari ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikda yangi ufqlarni ochmoqda. Siyosiy va madaniy aloqalar bilan bir qatorda, iqtisodiy sohada ham mustahkamlanayotgan hamkorlikda BMB HOLDING o‘ziga xos o‘rin egallab bormoqda. Biz bu jarayonda doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz.”

Powered by Froala Editor