AQSh G'azodagi “gumanitar pauza”dan keyin Isroilga harbiy yordamni davom ettiradi

Dunyo

AQSh hukumati G‘azo sektoridagi “gumanitar pauza” tugaganidan keyin Isroilga harbiy yordam ko‘rsatishda davom etadi. Bu haqda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi ma’lum qildi.

AQSh G'azodagi “gumanitar pauza”dan keyin Isroilga harbiy yordamni davom ettiradi
"Biz, albatta, Isroilning HAMASga qarshi harakat qilish huquqi va majburiyatiga hali ham ishonamiz. Ular o'zlarining harbiy yurishlari haqida gaplashdilar va bu tanaffuslardan keyin yana ularga (HAMASga) qarshi harakat qilish niyatida ekanliklarini ochiq aytishdi. Qachonki qaror qabul qilishsa, ular Qo'shma Shtatlardan ularga kerak bo'lgan imkoniyat va qurol tizimlari, shahar sharoitida urush haqida taklif qilishimiz mumkin bo'lgan maslahatlarni olishda davom etadi”, dedi u.

Kirbining so‘zlariga ko‘ra, AQSh Prezidenti Jo Bayden Isroil rasmiylari bilan muloqotda Isroil Qo‘shma Shtatlardan yordam olishda davom etishlarini ta’kidlagan.

"Shunga qaramay, biz hozircha doimiy sulhni qo‘llab-quvvatlamaymiz. Biz “gumanitar pauza”larni qo‘llab-quvvatlaymiz", deb qo‘shimcha qildi Oq uy rasmiysi.

Uning qayd etishicha, Vashington joriy “pauza”ni uzaytirish tarafdori.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing