OAV: Suriyadagi AQSh harbiy bazasi o'qqa tutildi

Dunyo

Hujumni kim amalga oshirgani hozircha noma’lum. Bu shia aʼzolarining AQSHning Isroilga koʻrsatayotgan javobi deb baholanmoqda.

OAV: Suriyadagi AQSh harbiy bazasi o'qqa tutildi
Raketa zarbasi Suriya sharqidagi Dayr-az-Zor viloyatidagi Koniko gaz koni yaqinida joylashgan AQSh harbiy bazasini nishonga oldi. Bu haqda Livanning "Al Mayadeen" telekanali xabar berdi.

Otishmani kim amalga oshirgani haqida ma'lumot yo'q.

G‘azodagi mojaro avj olgandan beri Iroq va Suriyadagi Amerika harbiy bazalariga raketa hamda uchuvchisiz uchoqlardan foydalangan holda hujumlar tez-tez uchramoqda. Shia aʼzolari AQSh Isroilga harbiy yordam ko'rsatishda davom etar ekan, bu arab davlatlarida harbiy amaliyotlarini oshirishlari haqida ogohlantirgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing