AQSh Husiylarga qarshi harbiy operatsiya boshladi
Dunyo
Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Yamandagi husiy isyonchilari AQShni o‘z obyektlariga zarba berishda aybladi. Husiylarga yaqin manbalarning ma’lum qilishicha, 26-mart kuni poytaxt Sana va uning atrofida 15 ta aviazarba uyushtirilgan. Amerika armiyasi va rasmiylari husiylarning bu da’volariga hali rasman izoh bermadi.
AQSh harbiylari 15-martdan buyon husiylarga qarshi keng qamrovli harbiy operatsiyani davom ettirmoqda. AQSh prezidenti Donald Tramp isyonchilarni qaroqchilik va terrorchilik harakatlarida ayblab, har qanday husiylar hujumini Erondan kelgan tahdid sifatida baholashini bildirgan. Vashington husiylarning AQShga va uning ittifoqchilariga qarshi har qanday harakatlariga qat’iy javob qaytarishini ta’kidlagan.
Husiylar esa o‘z navbatida, bir necha bor AQShning Qizil dengizdagi "Harry S. Truman" aviatsiya tashuvchisiga hujum uyushtirganini da’vo qilmoqda.
AQSh matbuotida husiylarga qarshi harbiy amaliyotlarni muhokama qilish uchun maxfiy chat mavjudligi haqida xabarlar tarqaldi. "The Atlantic" nashri bosh muharriri Jyeffri Goldberg Signal messenjerida AQSh rasmiylarining husiylarga qarshi hujumlarini muhokama qilayotgan chatga tasodifan qo‘shilganini ma’lum qildi. Oq uy bu chatning mavjudligini tasdiqladi.
AQSh mudofaa vaziri Pit Hegset bu chatda harbiy amaliyotlar muhokama qilinganini rad etdi. Prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Maykl Uolts esa jurnalistni ushbu chatga qo‘shish bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
Husiylar Yamanning katta qismini nazorat qilmoqda. 2023-yil oktabr oyida HAMAS Isroilga hujum uyushtirganidan so‘ng, husiylar ham Isroilga qarshi raketa va dron hujumlarini boshladi. Ular bunday harakatlarini Falastinlik jangarilarga birdamlik ifodasi sifatida izohlashgan.
Shuningdek, husiylar Yamanning qirg‘oqbo‘yi hududlarida, jumladan, Aden ko‘rfazi va Qizil dengizdagi kemalarga hujumlar uyushtirmoqda. Natijada ko‘plab xalqaro savdo kemalari dunyoning asosiy savdo yo‘llaridan biri bo‘lgan Suvaysh kanalidan foydalanishdan voz kechishga majbur bo‘lmoqda.
AQSh va uning ittifoqchilari bu tahdidlarga qarshi qat’iy choralar ko‘rishini ta’kidlab, husiylar harakatlarini xalqaro savdo va mintaqaviy barqarorlik uchun jiddiy xavf sifatida baholamoqda.

Powered by Froala Editor