Xitoyda uchuvchi avtomobillar ishlab chiqarilishi boshlandi

Dunyo

Xitoyda uchuvchi avtomobillar sinov tarzida ishlab chiqarila boshlandi. Sinxua axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, XPeng kompaniyasi avtomobillarni yo‘lda ham, havoda ham harakatlana oladigan tarzda ishlab chiqmoqda.

Xitoyda uchuvchi avtomobillar ishlab chiqarilishi boshlandi
XPeng kompaniyasi o‘z zavodida uchuvchi avtomobillar ishlab chiqarishning sinov bosqichini boshladi. Ma’lum qilinishicha, korxona to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaganidan so‘ng har 30 daqiqada bitta aeromobil yig‘ilishi mumkin bo‘ladi.

Seriyali ishlab chiqarish 2026 yilga mo‘ljallangan. XPeng vakillarining ta’kidlashicha, ushbu texnologiya shahar transportida yangi davrni boshlab beradi hamda innovatsiyalarni amaliy hayotga olib kiradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing